"Toronto" va "Valensiya" Belotti uchun da'vogarlik qilishga tayyor

Alisher
30 iyul 2022, 10:38
Hujumchi Andrea Belotti yangi jamoada qidirmoqda.

Futbolchi "Torino" bilan shartnomasi yakunlangani sabab 1 iyulda erkin agentga aylandi.

28 yoshli italiyalikka "Toronto" va "Valensiya" qiziqish bildirmoqda. O'yinchi uchun maqsad esa ispan jamoasidir.

Forvard o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Relevo