"Torino" direktori belgilanmagan penalti haqida: "Xuddi shunday vaziyat uchun "Lechche" bilan bahsda "Yuve"ga penalti berishgandi"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2019, 13:17
"Torino" bosh direktori Antonio Komi "Yuventus"ga qarshi A Seriyaning 11-tur uchrashuvidagi (0:1) hakamlik haqida fikr bildirdi.

"Jamoamiz ijrosida irodali o'yinni ko'rmoqchi edik va shunday ham bo'ldi.

Bizni xafa qilgan narsa "Yuventus" darvozasiga belgilanmagan penalti bo'ldi. Xuddi shunday vaziyat uchun "Yuve" "Lechche" darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi tepgan edi.

Vaziyat juda o'xshash. Nega bir xil vaziyat uchun ikki xil qaror bo'lishini tushunmayman" - deydi Komi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia