Toni: "Buyuk g'alabaga erishdik!"

Tolibjon Qosimov
31 okt 2013, 14:15
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Luka Toni "Verona" safida "Sampdoriya" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Buyuk g'alabaga erishdik! O'tgan turda "Inter"dan mag'lub bo'lgandik, shu bois "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda zafar quchishimiz muhim edi".

Bu mavsumda Veronaga kelgan barcha jamoani mag'lub etayapmiz. Mana shu narsa juda muhim".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru