Tolisso Pogba manzili tomon chalingan hushtaklar haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2018, 14:28
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Korenten Tolisso Italiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida muxlislarning chalgan hushtagidan norozi.

"Biz - Fransiya. Shu boisdan biz "Nicca", "Lion" yoki "Sent-Eten"da o'ynashimizning farqi yo'q. Barchamiz bir millatning sharafini himoya qilyapmiz. Muxlislarning Pogba yoki Tovenga chalgan hushtagini eshitsam, jahlim chiqadi.

Barcha futbolchilar davlat uchun kurashmoqda. Pol yaxshi o'yin o'tkazdi, jiddiy mehnat qildi. Agarda menga ham hushtak chalishsa, bu men uchun juda og'riqli bo'lardi", - dedi Tolisso.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru