Tojikistondan Saudiyaga 100 nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi

Оқил Абдубарноев
21 mar 2024, 21:17
Payshanbadan jumaga o'tar kechasi JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Tojikiston uchrashuvi o'tkaziladi.

Mazkur o'yinda o'z jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Tojikistondan 100 nafarga yaqin futbol ishqibozi Ar-Riyod shahriga yetib keldi. Shuningdek, bellashuvni yoritib borish maqsadida mamlakat televidenie xodimlari ham tashrif buyurgan.

Xabarlarga ko'ra, OAV vakillari va muxlislar uchrashuv nihoyasiga yetishi bilanoq ortga qaytishadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin 22 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni olti, Tojikiston esa to'rt ochko jamg'argan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ар Риёдия