Tojikiston - Yaponiya o'yinini yoritish uchun 60 nafardan ortiq yaponiyalik jurnalistlar Dushanbega kelgan

12 okt 2019, 22:24
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri yaponiyalik jurnalistlar bilan to'lib toshgan.

Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasining tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Yaponiyaning Tojikistonga qarshi o'yinini yoritish maqsadida Dushanbega 60 nafardan ortiq OAV xodimlari tashrif buyurishgan.

O'zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev boshqaruvidagi Tojikiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi 4-tur o'yinini Yaponiyaga qarshi 15 oktyabr kuni Dushanbedagi "Varzishgohi Markazi" stadionida o'tkazadi.

Jamoalar uchinchi turdan keyin ikkitadan o'yin o'tkazgan holda guruhda 6 ochkodan to'plab, 1-2 o'rinlarni o'zaro bo'lishib turishibdi. Mazkur uchrashuv 4-turdan keyin mazkur guruhda kim peshqadamlikni saqlab turishiga oydinlik kiritadi.

Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasi 1-turda o'z uyida Qirg'izistonni 1:0 hisobida, ikkinchi o'yinda esa Mongoliyani safarda minimal hisobda  mag'lub etgandi. Yaponiya esa dastlab Myanma, keyinchalik Mongoliyani dog'da qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia