

O'z vaqtida Vladikavkazning “Alaniya” klubi tarkibida Mirjalol Qosimov bilan birga to'p tepgan rossiyalik mutaxassis bugun jamoa muxlislari bilan xayrlashgan.
“Tobol” chempionat autsayderi “Shaxtyor”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Kustanayliklar rahbariyati yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgan.

Eslatib o'tamiz, Omari Tetradze “Tobol” klubini 2016 yilning 30 may kuni qabul qilib olgan edi. Avvalroq, u “Anji”, “Volga”, “Nijniy Novgorod”, “Ximki”, “Enisey” va “Jetisu” jamoalarida ishlagandi.



