Tobi Alderveyreld hozircha MYUga o'tishdan yiroqda

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2018, 20:57
"Sky Sports"ning ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" himoyachi Tobi Alderveyreldning transferi borasida kelisha olishmayapti.

"Shporlar" shartnomasi tugashiga bor yo'g'i 1 yil qolgan o'yinchi uchun 50 million funt sterling so'ramoqda. Mankunianliklar esa hali rasmiy taklif yuborishmadi. Gap shundaki, manchesterliklar o'yinchining narxi ko'tarib yuborilgan deb hisoblashmoqda, shu sabab kutishmoqda. Kelishuv transfer oynasining oxirida amalga oshib qolishi mumkinligi rad etilmayapti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports