Tite: "Mening raqsim raqibga nisbatan hurmatsizlik emasdi"

Sherzod Nurmatov
6 dek 2022
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite "selesao" futbolchisi Risharlisonning JCH nimchorak final uchrashuvida (4:1) Janubiy Koreya termasiga urgan golidan keyin namoyish etgan "kabutar raqsi"ni tushuntirib berdi.


"Har doim buni hurmatsizlik deb hisoblaydigan qoralovchilar bor. Men ko'rinmaslik uchun futbolchilardan meni yopishlarini so'radim.

Men shunchaki goldan, natijadan, umuman o'yindan xursand bo'ldim, boshqa narsa haqida o'ylaganim yo'q. Bu raqibga yoki men juda hurmat qiladigan Paulu Bentuga nisbatan hurmatsizlik ko'rinishi emasdi. Yashirinishning iloji bo'lmadi (kuladi)", – dedi Tite.

Kin braziliyaliklarning raqsi haqida: "Bu raqibga nisbatan hurmatsizlik"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun