Timur Kapadze: "Maydonga Dasaevga gol uraman deb tushgan edim"

Mirjalol Normatov
14 avg 2025
Biroz oldin O'zbekiston va Rossiya faxriylari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va murosasiz o'tgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Bellashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi tarkibida gol muallifiga aylangan Timur Kapadze fikrlarini bildirdi. 

"Avvalo bunday afsonalar bilan birga to'p tepganimizdan xursand bo'ldik, chunki yoshligimizdan ularga havas qilganmiz. Bayram-bayramdek bo'ldi. O'zimiz ham rohat bilan harakat qildik. 

Maydonga Dasaevga gol uraman deb tushgan edim. Bu ham o'ziga yarasha yoqimli, Dasaev o'z davrining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan. Lekin eng muhimi o'yin yaxshi o'tdi",- deydi Timur Kapadze.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia