Shoxruh Mahmudxojiev "Qo'qon-1912"da

Iskandarov Abdulaziz
4 fev 2026
"Qo'qon-1912" Antaliyada mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoaning Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga "Paxtakor", "Navbahor", "Dinamo" jamoalari sobiq futbolchisi Shohrux Mahmudxojiev kelib qo'shildi. U o'tgan mavsumni Laos chempionati vakili "Yang Elefants" jamoasida o'tkazdi. Bundan tashqari legioner sifatida "Xo'jand" (Tojikiston), "RayZRs" (Nepal) jamoalari sharafini ham himoya qilgan. 

Transfermarket portali uning qiymatini 50 ming evroga baholagan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia