Tibo Kurtuaning agenti “Real” rahbariyati muntazam uchrashuv o'tkazib turganini tasdiqladi

7 fev 2018, 23:40
“Chelsi” darvozaboni katta ehtimol bilan yozda “Real”ga o'tadi.

Kurtuaning agenti Kristof Enroto madridliklar rahbariyati bilan doimiy uchrashuv o'tkazib turganini tasdiqladi.

“Tiboning holati haqida xabardor qilish uchun, “Real” rahbariyati vakillari bilan muntazam uchrashib turibman. Kurtua kuchli chempionatlarda eng kuchli jamoalar safida to'p surishni istaydi. U har qanday jamoaga sovrin yutishda yordam bera oladi”, - deydi agent

O'xshash yangiliklar


Manba: AS