Tibo Kurtua: "Chelsi"ga ikkita yaxshi darvozabon kerak"

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014, 16:33
"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua hamkasbi Petr Chex jamoada qolishiga umid qilmoqda.
Oldinroq chexiyalik darvozabon "ko'klar" safini tark etishi haqidagi xabarlar paydo bo'lgandi.

"Chex o'ynamasa ham, u mashg'ulotlarda menga ko'p narsa o'rgatadi. Unda katta tajriba bor va Chexga qarab ko'p narsa o'rganyapman. U - buyuk darvozabon. Klub doimo ikki yaxshi darvozabonga ega bo'lishi kerak. Petr jamoada qolishi menda muammolaga sabab bo'lmaydi. Umid qilamanki, Chexni hech kim "Chelsi"dan olib kyetmaydi, agar u taklif olsa ham, ularga rad javobini beradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru