Tiagu Ilori: "Angliya terma jamoasida o'ynashim mumkin"

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 16:11
"Liverpul" himoyachisi Tiago Ilori Angliya terma jamoasida o'ynashi mumkinligini aytib o'tdi.
20 yoshli futbolchi Portugaliya yoshlar terma jamoasida o'ynagan. Londonda tug'ilgan Ilori bu yerda 8 yoshiga qadar yashagan.

"O'ylashimcha, Portugaliya terma jamoasiga sodiq qolaman. Ammo boshqa variantlarni ham inkor qilmayman. Agar shunday taklif bilan chiqishsa jiddiy o'ylab ko'raman.

8 yoshligimda Portugaliyaga ko'chib ketgandik. Londonda faqat do'stlarim bilan futbol o'ynardim, otam tomonidan qarindoshlar Manchestyerda yashashgan", – deydi Ilori.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru