"The Best" sovrinini olish uchun barcha da'vogarlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
22 noya 2021, 22:48
FIFA rasmiy sayti "The Best" sovrinini olish uchun barcha da'vogarlarni ma'lum qildi.

Ushbu ro'yxatdan Karim Benzema ("Real Madrid"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted"), Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund), Jorjino, Ngolo Kante (ikkisi ham "Chelsi"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Kilian Mbappe, Lionel Messi, Neymar (barchasi PSJ) va Muhammad Saloh ("Liverpul") kabi futbolchilar o'rin oldi.

Short-list Ali al-Xabsi (Ummon), Xared Borxetti (Meksika), Tim Keyxill (Avstraliya), Jeremi Njitap (Kamerun), Julio Sezar (Braziliya), Yurgen Klinsmann (Germaniya), Aleksi Lalas (AQSH), Xaver Maskerano (Argentina), Rayan Nelsen (Yangi Zelandiya) va David Trezege (Fransiya) kabi sobiq futbolchilar tomonidan shakllantirilgan.

G'oliblar 22 noyabrdan 10 dekabrga qadar ovoz berish yo'li orqali aniqlanadi. Sovrin esa 17 yanvar kuni o'z egasiga topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com