

Qatarning Doha shahrida FIFA tomonidan o'tkaziladigan "The Best" marosimi davom etmoqda. Erkaklar futbolida yil murabbiyi deb PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike topildi. Murabbiy esa marosimga kelmagani bois mukofotni uning yordamchisi qabul qilib oldi.
Ma'lumot uchun, PSJ Luis Enrike boshchiligida o'tgan mavsum YCHLni qo'lga kiritdi va Klublar o'rtasidagi JCHda finalga qadar yetib bordi. Jamoa, shuningdek, Fransiya chempionati, kubogi va superkubogi, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.
Parijliklar bosh murabbiyi yakuniy ovoz berishda Hans Flik ("Barselona") va Arne Slotni ("Liverpul") ortda qoldirib, The Best mukofotini qo'lga kiritdi.


