TFF yil yakunlariga bag'ishlangan gala-marosim o'tkazdi. Taqdirlanganlar ichida "Navbahor" a'zosi Panshanbe ham bor

Sherzod Nurmatov
25 dek 2021, 20:18
Bugun Tojikiston futbol federatsiyasi Dushanbedagi "Koxi Parfenon" tantanalar majmuasida o'tgan yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

FFT gala-kechada 5 ta nominaciya bo'yicha ("Eng umidli futbolchi", "eng yaxshi futzalchi", "ayollar orasidagi eng yaxshi futbolchi", "chet elda to'p tepuvchi tojikistonlik eng yaxshi futbolchi" va "yil futbolchisi") g'olibni aniqladi. 

G'oliblar ro'yxati:

Eng yaxshi futzalchi – Fayzali Sardorov ("Soro kompaniya")

Eng umidli futbolchi – Daler Sharipov ("Paxtakor", Jabbor Rasulov")

Ayollar orasidagi eng yaxshi futbolchi – Laylo Xalimova ("Xatlon")

Chet elda to'p tepuvchi eng yaxshi futbolchi – Ehsoni Panshanbe ("Navbahor")

Yil futbolsichi – Alisher Jalilov ("Istiqlol")

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia