Terri "Kolchester Yunayted" egasi bo'ladi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2026
Angliya terma jamoasi va "Chelsi" sobiq sardori Jon Terri "Kolchester Yunayted" egasiga aylanmoqda.

"The Mirror" nashrining xabar berishicha, 45 yoshli Terri klubni 14 million funtga sotib olishni rejalashtirayotgan guruh a'zosi bo'ladi.

"Kolchester Yunayted" Ikkinchi liga (Angliya futbolining to'rtinchi darajadagi divizioni)da o'ynaydi. Jamoa 42 o'yindan so'ng jamoa 60 ochko bilan 13-o'rinda ketmoqda.

Terri 2018 yilda faoliyatini yakunlagan. "Chelsi" bilan Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, liga chempionligi va Angliya Kubogini 5 marta qo'lga kiritgan, Liga Kubogini 3 marta, mamlakat Superkubogini 2 marta yutgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror