

Fransiyaning bir qator yetakchi o'yinchilari o'zgarishlarni talab qilib, uning qo'l ostida o'ynashdan bosh tortgani uchun Dikon ishdan bo'shatildi.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, Fransiya ayollar termasi bosh murabbiyligiga da'vogarlardan biri Fransiyaning erkaklar terma jamoasi sobiq futbolchisi Terri Anri bo'lib, u hozirda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlaydi. Shu bilan birga, Anrining mumkin bo'lgan tayinlanish borasidagi poziciyasi hozircha noma'lum.
Boshqa da'vogarlar orasida Patris Ler, Jerar Presher, Sonya Bompastor, Sandrin Subeyran va Erve Renar bor.



