Ter Shtegen: "Penalti bor edi, ammo o'sha vaziyatda hech qaerga qocha olmasdim"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 11:40
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Superkubogi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Marokashdagi "Stad de Tanjer" stadionida o'tgan bahs 2:1 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yin oxirida nemis darvozaboni Aleysh Vidalga qarshi qo'pollik ishlatdi, ammo keyin Vissan Ben-Yedderning penaltisini qaytardi.

"Penalti bor edi, ammo o'sha vaziyatda hech qaerga qocha olmasdim. "Barselona" bu sovrinni yutganidan xursandman. Biz - qanday g'alaba qozonishni biladigan jamoamiz, biroq buni har safar isbotlash kerak" - deydi ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca.