Ter Shtegen: “Bizning missiyamiz kelasi haftada davom etadi”

2 may 2019, 09:27
“Barselona” darvozaboni “Liverpul” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Kamp Nou”dagi ajoyib oqshom! Qiyin o'yinda hammamiz natija uchun chin yurakdan ishladik. Muxlislar tomonidan bo'lgan qo'llab-quvvatlovlarga gap yo'q. Ikkinchi bellashuv ham bosim ostida o'tadi va juda qiyin bo'ladi. Ammo biz finalga chiqish uchun qo'limizdan kelanicha harakat qilamiz. Bizning missiyamiz kelasi haftada davom etadi”,-deya yozadi Ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Ter Stegen