

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis futbolchisi Kataloniya klubi bilan shartnomani 2022 yilning 30 iyunigacha uzaytiradi. Yaqin kunlarda bu borada rasmiy bayonot beriladi.
Ter Shtegen 2014/15 mavsum oldidan menxengladbaxning "Borussiya"sidan "Barselona"ga o'tgan edi.
Posbonning amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.



