Ter Shtegen "Atletiko"ga qarshi Ispaniya Superkubogi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
4 yanv 2020, 17:32
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qisqa muddatga safdan chiqdi.

Nemis futbolchisi 9 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya Superkubogi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Germaniya terma jamoasi posboni chempionat doirasidagi 19 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Granada"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi ham ehtimoldan yiroq emas.

Mark-Andre joriy mavsum "Barselona" darvozasini 23ta o'yinda qo'riqladi va 24ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS