
"O'yin juda qiyin bo'ladi va bor kuchi bilan harakat qiladi. Ilk daqiqalardan e'tibor bilan o'ynash zarur. "Atletik"ning kuchli tomonlari ko'p, ammo ularning tarkibida Lionel Messi kabi uchrashuvning taqdiri hal qiluvchi futbolchi yo'q. "Atletik" va "Yuventus"ga qarshi finallarda o'ynasam, bu faoliyatimdagi eng muhim bahslar bo'ladi" - deydi ter Shtegen.
Ispaniya Kubogi finali 30 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. "Yuventus"ga qarshi o'yin esa 6 iyunda o'tishi rejalashtirilgan.