Ten Xag: “Ronaldu ketmoqchi? Bu sizning farazingiz xolos, aslida esa …”

Eldor Akmurzayev
13 avg 2022, 09:25
“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Xagdan hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi bo'yicha savol berildi.

“Krishtianu Ronaldu ketmoqchi? Bu sizning farazingiz, Krishtianu menga aytgan so'zlariga to'g'ri kelmaydi. Bizdagi bor futbolchilar bilan ishlamoqdaman va bu mavsumni Ronaldu bilan birga o'tkazishni rejalashtirganmiz. Uni jamoaga moslashtirish kerak”, deydi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, “qizil iblislar” bugun APL doirasida safarda “Brentford”ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 21:30 boshlanadi. 37 yoshli Ronaldu dastlabki turda zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia