Ten Xag MYU va "Kristal Pelas" uchrashuvini stadiondan turib kuzatib boradi

Narzulla Saydullayev
19 may 2022, 22:40
Murabbiy jamoaning tarkibi tanlash va o'yindan oldingi tayyorgarlik jarayoniga aralashmaydi.

"Manchester Yunayted" klubini keyingi mavsumdan boshqarib boradigan Erik ten Xag APL 38-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" uchrashuviga tashrif buyuradi. Murabbiy jamoa rahbariyati bilan uchrashgan. Tomonlar ten Xag MYUning mavsumdagi oxirgi o'yinini shunchaki tomoshabin sifatida ko'rishiga kelishishgan. Murabbiy tarkib tanlash va o'yindan oldingi tayyorgarlik jarayoniga aralashmaydi.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" va "Kristal Pelas" o'rtasidagi uchrashuv 22 may kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Guardian