

Maktubda ten Xag muxlislarga jamoa bilan birdamligi ijobiy ta’sir ko'rsatganini qayd etib, qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan. Niderlandiyalik murabbiy futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan faxrlanishini ham aytib o'tgan.
Ten Xag, shuningdek, "Manchester Yunayted" bu sovrin bilan to'xtab qolmasligini takidlagan.
"Biz buyuk klub tarixi uchun sovrinlar muhimligini bilamiz. Kubokni “Old Trafford”ga qaytarganimizdan juda xursandmiz. Lekin bundan qoniqish hosil qilmaymiz va to'xtab qolmaymiz", - deb yozgan ten Xag.
Eslatib o'tamiz, Liga kubogi finalida "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.



