Ten Xag: "Angliyada JCH-2022 g'olibi bo'lish uchun yaxshi imkoniyat bor. Tarkib juda kuchli"

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2022, 09:55
MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya terma jamoasini JCH-2022 favoritlari qatoriga kiritdi.

"Shubhasiz, Angliya terma jamoasida JCH-2022 g'olibi bo'lish uchun imkoniyat yaxshi. Chunki tarkib juda kuchli. 

Men MYU haqida qayg'urishim kerak. Ammo Angliyani musobaqaning eng asosiy favoritlaridan biri deb hisoblayman", - dedi niderlandiyalik murabbiy. 

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadi. 

Angliya B guruhida Eron, AQSH va Uels terma jamoalari bilan kuch sinashadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN