Ten Hag: "MYU "Barselona"ga qarshi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishi kerak"

Sherzod Nurmatov
23 fev 2023, 11:54
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag Yevropa Ligasi pley-off bosqichida "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan javob o'yinidan kutayotgan umidi bilan o'rtoqlashdi.

"Barselona" kabi yirik jamoalar bilan to'qnash kelganingizda, o'zingizning eng yaxshi futbolingizni ko'rsatishingiz kerak, aks holda, sizda imkoniyat qolmaydi.

Biz keyingi bosqichga chiqmoqchimiz va shuning uchun ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishimiz lozim. Biz bunga ishonamiz va uchrashuv boshlanishini intiqlik bilan kutamiz", – dedi ten Hag.

Jamoalar o'rtasidagi Ispaniyadagi birinchi o'yin durang (2:2) bilan yakunlangan edi. Manchestyerdagi javob uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com