

Uchrashuvdan oldin "Lokomotiv"ning oliy ligadagi gollari soni 447ta edi. Temur Kapadze tomonidan urilgan uchinchi gol "temiryo'lchilar" uchun oliy ligadagi yubiley 450-gol bo'ldi.
Ma'lumot uchun, kecha "Loko" oliy ligada o'zining yubiley 300-uchrashuvini o'tkazdi. Hozirga qadar jamoa 134ta g'alaba va 61ta durang qayd etgan. 105 marta imkoniyatni boy bergan. 451ta gol urib 379ta to'p o'tkazib yuborgan.




