

Eng quvonarlisi, O'zbekiston ilk bor ushbu nufuzli musobaqani qabul qilish uchun rasman da'vogarlik qilmoqda.
OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifaning tashabbusi bilan 2031 va 2035 yilgi qita birinchiliklari mezbonlari bir vaqtda aniqlanadigan bo'ldi.
Osiyo Kubogi - 2031 mezbonligi uchun nomzodlar:
Avstraliya
Hindiston
Indoneziya
Janubiy Koreya
Quvayt
Qo'shma ariza: O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston
BAA futbol assotsiatsiyasi so'nggi pallada o'z nomzodini qaytarib olgan.
Osiyo Kubogi - 2035 mezbonligi uchun nomzodlar: Shuningdek, 2035 yilgi musobaqa uchun Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Quvayt kabi davlatlar alohida qiziqish bildirishgan.



