Taran va "Sho'rtan" "Paxtakor"ni kubokdan chiqarib yuborgani yodingizdami?

Iskandarov Abdulaziz
23 avg 2022
Bugun Toshkentda "Paxtakor" va "Sho'rtan" O'zbekiston kubogi nimchorak finalida to'qnash keladi.

Bu jamoalar shu kunga qadar mamlakat kubogi dioirasida 6 marotaba uchrashishgan. 3ta uchrashuvda durang, 1ta bahsda "Paxtakor", 2ta o'yinda "Sho'rtan" g'alabani tantana qilgan. Ushbu uchrashuvlar orasida 2010 yilgi qarama-qarshilikni alohida ajratib ko'rsatish mumkin. O'sha mavsumda kubok finaliga qadar yetib borgan g'uzorliklar chorak finalda amaldagi sovrin sohibi "Paxtakor" to'sig'ini engib o'tgandi. 


22.06.2010. O'zbekiston kubogi chorak final. 

"Paxtakor" - "Sho'rtan" 1:2

Gollar: Aleksandr Geynrix 52 - Georgiy Megreladze 15, Igor Taran 88

Javob uchrashuvi: 1:1

Gollar: Igor Taran 24 - Ro'zimboy Ahmedov 52


2015 yil bu ikki klub O'zbekiston kubogida keyingi bosqich uchun kurash olib bordi. Safarda 1:2 hisobida engilgan "sherlar" javob bahsida 2:0 natijasida raqibdan ustun kelgandi. Bu hozircha kuboklardagi oxirgi o'yin bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz bugungi bellashuv soat 19:00da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia