"Surxon" va "Navbahor" uchrashuvi Toshkentga ko'chirilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2020, 15:04
"Surxon" jamoasi Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettirayotganidan xabaringiz bor. Rejaga ko'ra ular navbatdagi turni o'z maydonlarida o'tkazishlari kerak edi.

Lekin "Navbahor" rahbariyati o'yinni Toshkentga ko'chirish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Yani, transportlar harakati va blok-postlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi ehtimoli mavjudligi sabab, bir qator muammolar yugaza kelishi mumkinligi aytildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, har ikkala tomon o'yinni Toshkentga ko'chirish bo'yicha O'zPFLga xat bilan chiqishdi. O'zPFL vaziyatni o'rganib chiqib,  o'yinni ko'chirish yoki ko'chirmaslik bo'yicha yakuniy hulosasini beradi. 

Hozircha uchrashuv qaysi sanada va qaysi maydonda o'tkazilishi noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати