"Surxon" sobiq darvozaboni Azamat Ahmedov: "2 yillik qarzi bor klubga nega chempionatga ruxsat berildi? Hattoki, portalga ham yozdik"

Iskandarov Abdulaziz
10 mar 2023, 22:55
Superliga start olgan, jamoalar ishtiroklarini boshlab olganiga qaramay hal qilinmagan muammolar yuzasidan futbolchilardan murojaatlar kelib tushmoqda.

"Surxon" sobiq darvozaboni Azamat Ahmedov ham saytimizga o'zining fikrlarini bildirdi. 


- Futbolchilarning etirozlari 2021 va 2022 yilgi qarzdorliklar uchun bo'lyapti. Afsuski, shuncha gaplardan keyin ham bu masalada hech qanday siljish bo'lmayapti. Eski rahbariyat klubni yangi rahbariyatga topshirganda, bizga qarzdorlikni yopib berishlarini aytishgandi. Yangi rahbariyat esa bu pullarni bizga o'sha vaqtdagi xomiylik qilgan hokimiyat to'lab berishini aytishdi.Shundan beri bir yil vaqt o'tdi, lekin xaligacha na PFL, na boshqa tashkilotlar bizga hech qanday ma'lumot berishgani yo'q.

- O'sha davrdagi shartnomalarimiz PFL tomonidan qonuniy tasdiqlangan bo'lishiga qaramasdan, PFL "Surxon" klubiga futbolchilarning qarzlarini yopib berish yuzasidan hech qanday taqiq qo'ymagan. Futbolchilar yig'ilib tashkilotga borganimizda ular hech qanday taqiq qo'ya olmasligini, bu yangi xomiylarni cho'chitib, klubdan ko'ngli qoldirvorishi mumkinligini, yakunda xomiylikdan bosh tortishlari mumkinligini takidlashdi. Bu masala esa qachonlardir o'z echimini topishini kutishimiz kerakligini aytishdi. 

- Agar bunday bo'lmaganida hech qanaqasiga 2 yillik qarzi bor klubga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishlariga imkon bermasdi.  Bilishim bo'yicha FIFPro PFLga yaqinda tezlashtirilgan holatda qarzlarni yopish kerakligi haqida xat yuborgan. Ammo bu xatga aniq javob qaytarilmagan. Hozirgi kunda fuqarolik sudiga murojaat qilinmagan. Qolgan barcha tashkilot, hattoki portalga ham futbolchilar ariza bergan.

Abdulaziz Iskandarov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia