Surxon futbolchisi legionerga aylanishi mumkin

Khoja
12 dek 2024, 09:27
Rossiyada o'ynaydigan o'zbekistonlik soni yana bittaga oshishi mumkin.

Surxon yarim himoyachisi Humoyun Sherbo'taevga Rossiya birinchi ligasi (FNL) ishtirokchisi Saratovning Sokol klubi qiziqmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, Sokol hozirda FNL turnir jadvalida 16-pog'onada ketmoqda.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assist qildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @PenaltyNarzulla