Superligada qolgan uch klub rahbarlari Las-Vegasda birga tushlik qildi

Eldor Akmurzayev
25 iyul 2022, 09:30
“Real”, “Barselona” va “Yuventus” prezidentlari AQSHda uchrashishdi.

Florentino Peres, Joan Laporta va Andrea Anelli Las-Vegasdagi “Four Seasons” mehmonxonasida birga tushlik qilgan.

Qayd etish joizki, La Liga grandlari va A Seriyaning nomdor klubi Superliga loyihasini tark etmagan uch klub hisoblanadi.

Ular hozirda AQSHda mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida qatnashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo