Superliga yangi mavsumiga qachon qur'a tashlanishi ma'lum

Tolibjon Qosimov
29 yanv 2025, 19:12
Superliga mavsumi 7 mart kuni start olishi rejalashtirilgan.

Liga uning to'liq ishtirokchilari va klublar qaysi stadiondan qay tartibda foydalanishi masalasida ish olib borishiga to'g'ri keldi.

Musobaqaga qur'a tashlash marosimi 1 fevral kuni 18:00 da start oladi va u "Futbol TV" orqali jonli efirga olib chiqiladi.

Qur'a jarayonida Liga quyidagi ketma-ketlikni inobatga oladi:

a) mavsum startini o'z maydonida boshlamasligi, biroq keyinchalik boshqa stadionga ko'chib o'tishi katta ehtimol bo'lgan klublar;

b) bir stadiondan foydalanishi ko'zda tutilgan va shundan kelib chiqib juftlik hosil qilgan klublar;

d) juftlik hosil qilmagan klublar.

Liga mutaxassislari qur'a va uning qolgan masalalarini jonli efirda tushuntirib berishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz