

"Superliga yakunlariga ko'ra Nasaf, Paxtakor va Navbahorning ochkolari soni teng bo'lib qolsa, unda ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi to'plagan ochkolari, to'plar nisbati va kim o'zaro o'yinlarda ko'proq gol urganiga qaraladi.
Deylik shunday bo'lsa, unda reglament bo'yicha chempion jamoa nomi Paxtakor va Navbahor o'rtasidan qo'shimcha ko'rsatkichlarga tayanib tanlanadi.
Nasaf, Paxtakor va Navbahorning o'zaro o'yinlarida kim qancha ochko jamg'argan?
"Paxtakor" - 5 ochko
"Nasaf" - 5 ochko
"Navbahor" - 5 ochko
To'plar nisbatiga ko'ra Nasafda ko'rsatkich eng yomoni 1-1.
Paxtakor va Navbahorda esa 2-2dan bir ko'rsatkich.
Qo'shimcha ko'rsatkichlarga esa umumiy holatdagi to'plar nisbati, kim ko'p gol urgani, sariq va qizil kartochkalar o'rtaga tushadi", -deb yozadi Shahboz Beg'amov o'z telegram kanalida.



