Superliga. Tur darvozaboni - Suhrob Sultonov

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2020, 12:56
Coca Cola Superligada 9-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Superliga. 9-tur ramziy terma jamoasi

Ortda qolgan 9-turning eng yaxshi darvozaboni deb AGMK a'zosi Suhrob Sultonovni topdik. Olmaliqliklar Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'lishdi. Bellashuv davomida kiper 6ta seyvni ijro etdi, shulardan uchtasi jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Agar u bo'lmaganda AGMK mag'lubiyatga uchrashi ham mumkin edi. Ayniqsa, Suhrobning 90+1-daqiqadagi seyvi tahsinga sazovor. Cheranning bosh bilan zarba berganda to'p darvoza to'ridan joy oladigandek ko'ringandi. Ammo, baquvvat kiper bunga yo'l qo'ymadi. Bu seyv JCH-2006 finalining birinchi ekstra taymi tugab borayotganda Zidanning bosh bilan bergan zarbasidan keyin afsonaviy Buffon ijro etgan super seyvni yodga solib yubordi.

Shu tariqa, bu turda chiroyli seyvlari bilan jamoasini bir nechta gollardan qutqarib qolgan Suhrob Sultonov 9-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> SUPERLIGA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia