Superliga hakamlari uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2018, 17:47
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni taminlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, Superligada ishtirok etayotgan bosh hakam va hakamlar yordamchilari Engil atletika federatsiyaga qarashli yugurish yo'lakchasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test-sinovlari topshirishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ayni kunlarda hakamlar Dukentda nazariy bilimlar bo'yicha imtihonlar topshirishmoqda. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar 30 iyunga qadar davom etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com