Superliga. "Dinamo" oxirgi marotaba Farg'onada qachon g'alaba qozongan edi?

Iskandarov Abdulaziz
10 avg 2024, 09:35
Bugungi kun doirasida Superliganing yana bir uchrashuviga guvoh bo'lamiz.

Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo" Farg'onada "Neftchi" bilan kuch sinashadi. Samarqandliklar so'nggi bor Superligada 2017 yilgi mavsumda raqibi maydonidan 3 ochko bilan qaytishni uddasidan chiqa olgan. O'sha yili "Dinamo" ikkinchi davrada ham "Neftchi"dan g'alabani tortib olgan va bu hozirgacha oxirgisi bo'lib turibdi. 


14.06.2017. Superliga 13-tur

"Neftchi" - "Dinamo" 2:3

Gollar: Mo'ydin Mamazulunov 67, Sherzod Hakimov 90 - Jasur Azimov 8, Orif Mamajonov 29, Amirjon Safarov 71


08.11.2017. Superliga 28-tur

"Dinamo" - "Neftchi" 1:0

Gol: Adnan Oraxovac 90

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia