Superkompyuter Evro-2024 musobaqasida kimlarning imkoniyati yuqori ekanligini baholadi

Khoja
5 iyun 2024, 09:47
Superkompyuter Opta Evro-2024 musobaqasida kimlarning imkoniyati yuqori ekanligini baholadi.

Ro'yxatning birinchi o'rnidan Angliya terma jamoasi joy oldi. Inglizlarning Evroni yutish imkoniyati 19,9 foiz etib ko'rsatilgan. Undan keyingi o'rinlarni Fransiya (19,1) va Germaniya (12,4) joy olgan.

Ispaniya (9,6%), Portugaliya (9,2%), Niderlandiya (5,1%), Italiya (5%), Belgiya (4,7%), Daniya (2,2%) va Xorvatiya (2%) o'nlikdan joy olgan.

Ma'lumot uchun, Evro-2024 bahslari 14 iyun kuni Germaniyada boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com