Superkompyuter Bundesliga favoritlarini aniqladi. "Bavariya" bilan qaysi jamoa raqobatlashadi?

Sherzod Nurmatov
22 avg 2025, 13:32
Opta superkompyuteriga ko'ra, "Bavariya" Germaniya chempionati yangi mavsumining so'zsiz favoriti hisoblanadi.

Myunxen klubining chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli 52,9%. Bu Bundesliganing barcha jamoalari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.

"Bavariya"ning milliy chempionatdagi asosiy raqibi "Bayer" bo'lib, "farmacevtlar"ning g'alaba qozonish ehtimoli 16,9% ni tashkil qiladi.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi ham yakuniy g'alabaga 15,8 foizlik ehtimol bilan mavsum favoritlari uchligidan joy oldi. Boshqa barcha jamoalarning chempionlikka erishish imkoniyati 5% dan kam.

Kuchli to'rtlikka asosiy da'vogarlar "Bavariya" (91,6%), "Bayer" (69,5%), "Borussiya" (68%), "Ayntraxt" (36,4%), "Shtutgart" (28,7%) va "Leyptsig" (27,4%).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta