Suonsi Siti - Lester uchrashuvidan oldin hakamlar darvozalarni o'lchashdi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2014, 13:41
APL 9-turidan o'rin olgan Suonsi Siti va Lester o'rtasidagi o'yindan oldin bosh hakam Mayk Jons darvozalar balandligini o'lchadi.
O'yinlodi mashg'ulotlar vaqtida Lester darvozabonlariga Liberti stadionidagi darvozalar balandroqdek tuyuldi.  Ular hakamlarga bu borada etiroz bildirishdi. Hakamlarning tekshiruvidan so'ng barchasi joyiga ekani ma'lum bo'ldi. Bahs 2:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan tugadi.

Darvozabonlarimizga darvozalar kattadek ko'rindi. Rasmiy shaxslar bizning iltimosimizdan hayron qolishdi, lekin barchasi joyida ekan, - deydi Lester ustozi Nayjel Pirson BBC nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com