

"Reshford top-forvard darajasiga chiqishi mumkin. U Keyn darajasidagi o'yinchi bo'lishiga ishonchim komil. Uning salohiyati buning uchun etarli. Markus ajoyib tezlikka ega. Shuningdek, to'p bilan muomala qilish, jismonan baquvvatligini ham alohida aytish kerak. Reshford bilan ishlash quvonarli. U o'yinda mukammal bog'lam vazifasini o'tab beradi", - deya Sulsherning so'zlarini keltiradi ESPN nashri.



