Sulsher: "Real"? Pogba MYUda baxtli"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 15:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga fikr bildirdi.

"Pol "Manchester Yunayted"da baxtli va yaxshi o'ynayapti. Terma jamoalar tanaffusi paytida "Real" haqidagi mish-mishlar qulog'imga chalindi. Futbolchilar OAV uchun ochiqligi - muammo. Pogbaga savol berishdi va u hamma "Real"da o'ynashni xohlashini aytib, umumiy qilib javob berdi. Ammo o'zi haqida gapirgani yo'q, chunki u MYUda o'zini yaxshi his qilmoqda" - deydi Sulsher.

Oldinroq, "Real" 26 yoshli xavbek uchun 145 mln. evro to'lashi mumkinligi e'lon qilingan edi. Joriy mavsum Pogba APLning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports