Sulsher Pogba va Lukakuning jamoadan kyetishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Eldor Akmurzayev
11 iyul 2019
MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsher klub yarim himoyachisi Pol Pogba va hujumchi Romelu Lukakuning jamoadan kyetishi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq, Pol Pogbaning Yuventusga qaytishi yoki Realga o'tishi hamda Romelu Lukakuning Inter bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Futbolchilarimiz haqida va ularning rejalari to'g'risida ko'p bor suhbat o'tkazganmiz. Bu men uchun oddiy biznes. Men Pol bilan ham Romelu bilan ham gaplashdim. Menga ma'lum bo'lishicha, hozirda hech qaysi futbolchimizga boshqa jamoa tomonidan taklif kelib tushmagan. Pol esa xuddi boshqa o'yinchilar kabi klub bilan uzoq yillik shartnomaga ega hisoblanadi – deya qayd etgan Sulsher.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports