Sulsher koronavirus haqida: “Men ikki haftalik "pauza"dan foyda ko'rmayapman"

Sherzod Nurmatov
30 dek 2020, 22:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher koronavirus bilan bog'liq qiyin vaziyat tufayli APLning to'xtatilishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Men bu haqda o'ylaganim yo'q. O'ylaymanki, futbolchilarimiz bayonnoma va qoidalarga rioya qilishni juda yaxshi bilishadi.

Bu ishimizning bir qismidir, klublar protokolga rioya qilishlari shart. Ikki haftalik "pauza"ning foydasini ko'rmayapman. Unda qachon o'ynaymiz? Barchamiz bilamizki, yil juda qiyin o'tmoqda, ammo o'yinlarning to'xtatilishi katta o'zgarishlarga olib keladi deb o'ylamayman.

Mamlakatda kasallanganlar sonining ko'pligi haqida ko'p gapira olmayman. Bazida bunday vaziyatlarni boshqarish ilojsiz.

Barcha murabbiylar bu misli ko'rilmagan holat ekanligini tushunishadi, biz har kuni bunday holatlarga duch kelamiz. Har safar test topshirsangiz, tashvishlanasiz, kasallar soni ko'payib borayotganini eshitganingizda, siz ham qayg'uga cho'masiz. Hamma xavotirda", – dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports