Sulsher: "Klopp 4 yil jamoa tuzdi"

Tolibjon Qosimov
24 yanv 2020, 16:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher turnir jadvalidagi holatni o'nglash bilan bog'liq savolga javob qaytardi.

"Menimcha, bizda o'zimizning ish olib borish uslubimiz bor. Albatta, boshqa klublarda hammasi yaxshi ekanligini ko'ryapmiz.

Klopp o'z jamoasini 4 yil tuzgan va hozir ularda hammasi yaxshi. Ko'p bor aytganman - hamma narsani to'g'rilash qisqa vaqtda ro'y bermaydi.

Bizda birgina transfer oynasida 8-10 nafar yangi o'yinchi bo'lmaydi. Yozda faqat bitta katta transfer bo'ldi, yanvardagi oyna esa oddiy emas. Lekin, hozir nimadir qilishga harakat qilayapmiz", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com