Sulsher: “Bryugge” PSJ va “Real”ga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etgandi”

16 dek 2019, 22:51
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Yevropa ligasi 1/16 finaliga tashlangan qur'adan keyin bo'lajak raqibi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men “Bryugge”ning PSJ va “Real” bilan o'tkazgan o'yinlarini ko'rib chiqdim. Ular Chempionlar ligasi bahslarida yaxshi tomonlarin ko'rsata olishdi va kichik omadsizlik tufayli aksariyat o'yinlarda mag'lub bo'lishdi. Lekin “Bryugge” yaxshi jamoa. Ular Belgiya chempionatida yetakchilar qatorida borishmoqda, jamoaning ikkinchi posboni “Molde” safida qo'l ostimda harakat qilgan. Menga u bilan yana uchrashish yoqimli. 

Bu jamo bilan qiyin bizni qiyin bellashuv kutib turibdi. O'ylaymanki, biz 1/8 finalga yo'l ola bilamiz”, deya Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda manikunianliklar rasmiy sayti.

Yevropa Ligasi 1/16 finalidan o'rin olgan “Bryugge” – MYU uchrashuvi 20 fevral kuni Belgiyada bo'lib o'tadi. Javob o'yini 27 fevral kuni Angliyada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: МЮ расмий сайти